Abxaziya sudi prezidentlik saylovi natijalarini bekor qildi

Olam

image

Avvalroq, Abxaziyada siyosiy vaziyat keskinlashgani parlament mamlakat Prezidenti Raul Xajimbaning iste’fosi uchun ovoz bergani, ammo u lavozimini tark etish niyatida emasligi haqida xabar bergan edik.

Abxaziya sudi ham Prezident Raul Xajimbaga qarshi qaror chiqardi. Sud o‘tgan yilning kuzida o‘tkazilgan Prezdentlik saylovini noqonuniy deb tan oldi.

Endilikda Konstitutsiyaga ko‘ra, qayta saylov muddati belgilanadi.

Kuzda o‘tkazilgan saylovda Xajimba ikkinchi turda g‘alaba qozongandi. U 47,39 foiz, muxolif “Amsaxara” partiyasi nomzodi Alxas Kvitsinia 46,17 foiz ovoz olgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 yanvar kuni Abxaziyada Prezidentga qarshi namoyishlar boshlangan. Ular Prezidentning iste’fosini talab qilishyapti. Namoyishchilar Prezident qarorgohiga bostirib kirib, uni vayron qilishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Abxaziya Raul Xajimba

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing