“Roma” bazasidan 20 ta snaryad topildi
Sport
−
29 noyabr 2020 7508 1 daqiqa
“Roma” futbol jamoasining o‘quv bazasida Ikkinchi Jahon urushidan qolgan 20 ta snaryad topildi. Bu haqda futbol klubi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
OAV, shuningdek, klub yangi mashg‘ulotlar maydonchalarini yaratmoqchi bo‘lgan joyda g‘ayrioddiy topilma topilganligini xabar qildi.
"Ikkinchi Jahon urushi snaryadlarini bizning Trigoriyadagi bazamizdan muvaffaqiyatli olib chiqqan Italiya armiyasiga va ularning sapyorlar otryadiga katta rahmat", deyiladi klub bayonotida.
Ma’lumot o‘rnida, “Roma”ning Trigoriyadagi Fulvio Bernardini nomli o‘quv markazi 1977 yilda tashkil etilgan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr