Robot politsiya jinoyatchilikka qarshi kurashishni boshlaydi
Olam
−
16 fevral 1957 1 daqiqa
2028 yilga borib sun’iy intellektga asoslangan xavfsizlik politsiya robotlari jinoyatchilikka qarshi kurashda faol ishtirok etadi. Bu haqda “The News Times” xabar berdi.
Delaver universiteti professori Ivan Sun Arizonada bo‘lib o‘tgan Amerika fanni rivojlantirish assotsiatsiyasi konferensiyasida robot ofitserlar yaqinda bombani yo‘q qilish vazifalaridan tashqari boshqa ishlarni ham qilishi mumkinligini aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, robotlar o‘qqa tutilish yoki pichoqlashdan omon qolishi va charchoqsiz uzoq masofalarda gumondorlarni ta’qib qilishi mumkin.
Sun tadqiqoti shuni ko‘rsatadiki, butun dunyo bo‘ylab politsiya bo‘limlari o‘zlarining operatsion samaradorligini oshirish va politsiya xodimlarini himoya qilish uchun robototexnika va sun’iy intellektdan foydalanadi.
Xususan, Xitoy o‘z chegaralarida transport harakatini nazorat qilish uchun gumanoid robotlarni joylashtirgan. Tailand politsiya boshqarmasi esa olomonni nazorat qilish uchun o‘z faoliyatiga 360 daraja ko‘rish qobiliyatiga ega maxsus robotini kiritgan. Qo‘shma Shtatlar va Singapur bo‘ylab kazinolar va savdo markazlarida g‘ildiraklardan foydalanadigan xavfsizlik robotlari ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla rahbari Ilon Mask kompaniya Model S va Model X elektromobillarini ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich to‘xtatib, zavod gumanoid Optimus robotlarini ishlab chiqarishga moslashtirilishini ma’lum qilgan edi.
Farangiz Sunnatova
Live
Barchasi