Robot oshpazlarni dog‘da qoldiryapti
Texnologiya
−
19 avgust 2023
5033Isroilning “Kitchen Robotics” kompaniyasi soatiga 75 ta idishda ovqat ishlab chiqarish quvvatiga ega robotni yaratdi. Bu haqda “Kitchen Robotics” nashri xabar berdi.
Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, robot har qanday taomni tayyorlay oladi: sho‘rva, salat, steyk, garnir va boshqalar. Shuningdek, ular sarflanadigan vaqt miqdorini ham qisqartiradi. Ba’zi taomlarni tayyorlash uchun hatto bir daqiqadan kamroq vaqt ketadi. Uskunani boshqarish uchun katta ishchi kuchi ham talab etilmaydi – bitta xodim kifoya qiladi.
Taom tayyorlash uchun ishchilar faqatgina kerakli ingrediyentlarni uskunaga solishi va retseptni kiritishi kerak. Qurilmada suyuqliklar uchun 12 ta, boshqa mahsulotlar uchun esa 23 ta idish mavjud. Shuningdek, robotdan foydalanganda oziq-ovqat chiqindilari miqdori 33 foizga kamayadi.
Hozirgacha “Kitchen Robotics” 10 ta uskunani tayyorlagan. Biroq kelgusi yilda ishlab chiqarishni 10 barobar oshirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya butun dunyo bo‘ylab mahsulotlarni yetkazib berishga tayyor. Oshpaz robotning narxi esa hozircha 3 ming 970 AQSH dollari etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Joriy yilning 30 iyun kuni EveR 6 nomli android robot Seulda Janubiy Koreya milliy orkestri konsertida dirijyorlik qildi. Bu mamlakat tarixidagi ilk robot dirijyor hisoblanadi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr