Rishi Sunak Fransiyani tabrikladi

Sport

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Qatarda davom etayotgan Jahon chempionatining yarim finalida Fransiya terma jamoasiga omad tiladi. Angliya terma jamoasi turnirning chorak finalida amaldagi jahon chempioniga yutqazib qo‘yganidan keyin Sunak Twitter'da fransuzlarni tabrikladi.

"Harri (Keyn) va jamoa g‘alaba qozonish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi, ammo natija biz kutganday bo‘lmadi. Jamoa o‘zi bilan faxrlanishi mumkin. Fransiya terma jamoasiga keyingi bosqichda omad tilaymiz", deb yozdi Sunak.

Fransiya terma jamoasi inglizlarni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining yarim finalida jamoa marokashliklar bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 14 dekabr kuni "Al Bayt" stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar2022 Rishi Sunak

Baholaganlar

39

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing