Ana xolos! Benzema JCH finalida ishtirok etishi mumkin

Sport

image

Fransiya terma jamoasi va “Real” hujumchisi Karim Benzema Argentina terma jamoasi bilan Qatarda bo‘lib o‘tayotgan JCH-2022 finali oldidan terma jamoa safiga qaytishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Benzema jarohatidan forig‘ bo‘lgan, jarohati sabab u turnirning oldingi o‘yinlarida qatnasha olmagandi. Agar hujumchi JCH finalida ishtirok etish uchun Qatarga borishga qaror qilsa, “Real Madrid” futbolchining qaroriga qarshilik qilmaydi, barchasi Fransiya terma jamoasi murabbiylar shtabi xohishiga bog‘liq.

Avvalroq Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Benzemaning terma jamoaga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berishdan bosh tortgandi.

18 dekabr kuni JCH finalida Fransiya Argentina bilan o‘ynaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Benzema Qatar2022

Baholaganlar

215

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing