Benzema JCH finalida o‘ynamaydi – OAV

Sport

image

Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema Argentinaga qarshi bahsda o‘ynash uchun Jahon chempionati finaliga bormaydi. Bu haqda Ispaniyaning "Relevo" nashri xabar berdi.

Mundial startidan avval Benzema Qatarda Fransiya terma jamoasi bilan Jahon chempionati bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgandi, biroq turnir boshlanishiga bir necha kun qolganida Karim jarohat olib, terma jamoani vaqtincha tark etdi.

Avvalroq Benzemaning jarohati tuzalgani va terma jamoa ixtiyoriga borib qo‘shilishi mumkinligi haqida xabar tarqalgandi. Shunday bo‘lgan taqdirda bunga "Real" qarshilik qilmasligini ma’lum qilgan.

Fransiya va Argentina o‘rtasidagi Jahon chempionati finali 18 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada bo‘lib o‘tgan 2018 yilgi Jahon chempionatida bu jamoalar 1/8 final bosqichida to‘qnash kelgan va o‘sha bahsda 4:3 hisobida fransuzlar g‘alaba qozongandi.


Maqola muallifi

Teglar

Benzema JCH2022

Baholaganlar

62

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing