JCH-2022 muxlislar tashrifi bo‘yicha Rossiya mundialini ortda qoldirdi
Sport
−
19 dekabr 2022
884918 dekabr kuni Qatarda yakunlangan futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon chempionati o‘yinlariga umumiy 3,4 milliondan ortiq muxlis tashrif buyurdi. Bu haqda xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) o‘z rasmiy saytida xabar berdi.
Argentina terma jamoasi o‘z tarixida uchinchi marta futbol bo‘yicha jahon chempioniga aylandi. Qatardagi musobaqaning final uchrashuvida janubiy amerikaliklar fransuzlarni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi, o‘yinning asosiy vaqti 2:2, qo‘shimcha vaqt 3:3, penaltilar seriyasi 4:2 hisobida yakunlandi.
2022 yilgi mundialning 64 ta o‘yiniga tashrif buyurgan umumiy tomoshabinlar soni 3 million 404 ming 252 nafarni tashkil etdi. Har bir o‘yinga o‘rtacha 53 191 tomoshabin keldi. Eng ko‘p tashriflar Lusaildagi "Milliy" stadionda bo‘lib o‘tgan uchta o‘yinda kuzatildi. Guruh bosqichida Argentina – Meksika (2:0), yarim final Argentina – Xorvatiya (3:0) va Argentina – Fransiya (3:3, 4:2) o‘yinlarida stadion muxlis bilan to‘ldi.
Qatardagi jahon chempionati tomoshabinlar soni bo‘yicha faqat 1994 va 2014 yillarda AQSH va Braziliyada o‘tkazilgan chempionatlaridan ortda qoldi – mos ravishda AQSH va Braziliyadagi mundiallarga 3 million 568 ming 567 nafar va 3 million 441 ming 450 kishi tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha kuchli beshlikka 2006 yilgi Germaniya (3 million 367 ming) va JARda bo‘lib o‘tgan 2010 yilgi Jahon chempionati (3 million 167 ming 984) ham kiradi. Rossiyada bo‘lib 2018 yilgi JCH Qatardagi turnirdan so‘ng beshinchi o‘rindan oltinchi pog‘onaga tushib ketdi (3 million 031 ming 768).
LiveBarchasi