Rimda ozarbayjonliklar norozilik namoyishi o‘tkazdi (foto)

Olam

image

Italiya poytaxti Rim markazidagi Piazza dei Santi Apostoli  maydonida ozarbayjonliklar arman terroriga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi. Bu haqda “CBC” nashri ma’lum qildi.

Italiya politsiyasi nazorati ostida bo‘lib o‘tgan aksiya Armaniston tomonidan Ozarbayjon hududlarida sodir etilgan mina va ekologik terrorizm haqida jamoatchilikni xabardor qilishdan iborat bo‘lgan. 

Aksiya tashkilotchilari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 30 yil davomida Ozarbayjonning bosib olingan hududlarida armanlar tomonidan amalga oshirilgan ekologik terrorizm va minalar bilan atrof-muhitning ifloslantirilishi mintaqa ekotizimi, tabiati va resurslarini vayron qildi. Shu kungacha ozarbayjonlik harbiy xizmatchilar va tinch aholi portlovchi moddalardan jabrlanib kelmoqda. Biroq, armanlar na minalar xaritalarini taqdim etgan, na ekologik terrorizm bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 11 noyabr kuni Bakuda bo‘lib o‘tgan norozilik aksiyasi chog‘ida 150 ga yaqin odam hibsga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

namoyish Rim norozilik ozarbayjonliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing