Kurs UZS

USD

12 920.44

5.44

EUR

14 252.54

295.3

RUB

153.52

-0.03

Rim papasining ahvoli og‘irlashdi

Olam

image

Nafas olish yo‘llari infeksiyasi bilan shifoxonaga yotqizilgan Rim papasi Fransisning ahvoli og‘irlashdi va pontifikka qon quyildi. Bu haqda “Vatican News” xabar berdi.

O‘lishimni sog‘indi kimlar. Papa uning ajalini kutayotganlar haqida gapirdi north_east

O‘lishimni sog‘indi kimlar. Papa uning ajalini kutayotganlar haqida gapirdi

Aytilishicha, Fransis uzoq davom etgan astmatik nafas olish inqirozi uchun tibbiy yordamga muhtoj va qon testlari anemiya tufayli kelib chiqqan trombotsitlar soni kamayganini ko‘rsatgan.

Shu bilan birga, Vatikanning qo‘shimcha qilishicha, ba’zi qon testlari yengil buyrak yetishmovchiligini ko‘rsatgan. 88 yoshli Rim papasi Fransisk uzoq vaqtdan beri davom etayotgan bronxitni davolash uchun joriy yilning 14 fevral kuni shifoxonaga olib borilgandi. Fransisk bir qator diagnostik tekshiruvlardan o‘tishi va bronxitni davolashni davom ettirishi kerak edi. U so‘nggi ikki umumiy tinglovda hamda boshqa tadbirlarda o‘zining oldindan tayyorlangan nutqlarini o‘qib berishni bir necha marta boshqalardan so‘ragan.

Ma’lumot uchun, Fransisk 2013 yilda papa etib saylanganidan beri bir necha kasallikdan aziyat chekib kelmoqda. U 2021 yilning iyul oyida ham 10 kun shifoxonada yotib, yo‘g‘on ichak torayishidan davolangan. Keyinchalik Fransisk yo‘g‘on ichagining bir qismini olib tashlash uchun jarrohlik amaliyotidan o‘tgan. 

2024 yilning yanvar oyida Fransisk “Associated Press”ga bergan intervyusida unga yo‘g‘on ichak jarrohligi o‘tkazishga sabab bo‘lgan ichak muammolari qayta yuzaga kelganini, biroq ular nazorat ostida ekanini aytgan. 

Yanvar oyida u o‘ng qo‘lida bint bog‘langan holda ko‘rinish bergan. Vatikan ma’lumotiga ko‘ra, papa o‘ng bilagidan “zarba olgan” va bint shunchaki “ehtiyot chorasi” sifatida ishlatilgan.

Fransisk 2022 yildan beri tizzalaridagi og‘riq sababli nogironlar aravachasidan foydalanib kelmoqda. U o‘zining sog‘lig‘iga oid muammolarni avtobiografiyasida kamtarona baholab, shunday yozgan: “Men yaxshiman. Haqiqat shuki, men shunchaki qariyapman”.


Maqola muallifi

Teglar

Rim papasi Frantsis pontifik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing