Rim papasi shifoxonadan chiqqanidan so‘ng ilk bor ommaga ko‘rinish berdi (video)
Olam
−
13:04 318 1 daqiqa
Rim papasi Lev XIV o‘pkasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng joriy yilning 17 oktyabr kuni shifoxonadan chiqib, Vatikanga qaytdi. Bu haqda “Vatican News” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, papa joriy yilning 17 oktyabr kuni tushdan keyin Rimdagi Agostino Jemelli shifoxonasini tark etgan. U 13 oktyabr kuni o‘pkasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan edi.
Rasmiylarga ko‘ra, shifoxonadan ketishidan oldin Lev XIV operatsiyani amalga oshirgan professor Stefano Margaritora, shuningdek, tibbiyot va hamshiralar jamoasiga minnatdorlik bildirgan. U shifoxona rahbariyati va boshqa tibbiyot xodimlari bilan ham xayrlashgan.
Shifokorlar papaning sog‘lig‘i yaxshilangani va davolanishni shifoxonadan tashqarida davom ettirishi mumkinligini bildirgan.17 oktyabr kuni ertalab o‘tkazilgan qon tahlillari va ko‘krak qafasi rentgen tekshiruvi natijalari ham papaning sog‘lig‘i yaxshilangani ko‘rsatgan.
Vatikanga qaytishidan oldin Lev XIV Jemelli shifoxonasining 10-qavatida ibodat uchun ajratilgan xonada messa marosimini o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rim papasi Lev XIV o‘pkasidagi saraton o‘smasini olib tashlash bo‘yicha operatsiyadan so‘ng shifoxonadan chiqishga ruxsat olgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi