Rim papasi Rossiyani Rojdestvoda o‘q otishni to‘xtatishga chaqirdi

Olam

image

Rim papasi Leo XIV katolik Rojdestvo bayrami munosabati bilan butun dunyoda sulh o‘rnatishga chaqirdi. Bu haqda u 23 dekabr kuni kechqurun Rim yaqinidagi Kastel-Gandolfodagi rezidensiyasida jurnalistlarga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Men yana bir bor ezgu niyatli barcha insonlarga murojaat qilaman: kamida Qutqaruvchimiz tug‘ilgan bayram kuni – bir kunlik tinchlikni hurmat qiling. Meni juda qayg‘uga solayotgan holatlardan biri – Rossiya, ko‘rinib turibdiki, o‘q otishni to‘xtatish talabi rad etganidir”, dedi katolik cherkovi rahbari.

Rossiya 2022 yil fevral oyida Ukrainaga qurolli bostirib kirganidan beri o‘q otishni to‘xtatish bo‘yicha takliflarni bir necha bor rad etgan. O‘tgan dam olish kunlari AQSHning Florida shtatida Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha qayta boshlangan muzokaralarda ham ilgarilashga erishilmadi. 23 dekabr kuni Ukraina Rossiya qo‘shinlari bilan qattiq janglardan so‘ng Donetsk viloyatidagi strategik ahamiyatga ega Seversk shahridan chekinib chiqqanini e’lon qildi.

“Men ular quloq solishlariga va butun dunyoda 24 soatlik tinchlik bo‘lishiga umid qilaman”, dedi Leo XIV dunyodagi mojarolar haqida gapirar ekan.

Pontifik dekabr oyi boshida Italiyada Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni qabul qilgan edi. Zelenskiyning Ukrainani ziyorat qilish taklifiga javoban Leo XIV keyinroq shunday dedi: “Umid qilaman”. 

Shu bilan birga, u bunday safar qachon amalga oshishi mumkinligini hozircha ayta olmasligini qo‘shimcha qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Rim papasi Rojdestvo Rim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing