“Reuters”: Bayden va Si Szinpin yil oxirida sammit o‘tkazadi 

Olam

image

AQSH va Xitoy joriy yil oxirigacha ikki tomonlama sammit o‘tkazish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Muzokaralar videokonferensiya shaklida o‘tkaziladi. Bu haqda Vashington ma’muriyatining yuqori martabali amaldoriga tayanib xabar berilgan.  

Ta’kidlanishicha, u jurnalistlarga AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi Yan Szechi ishtirok etgan Syurixdagi muzokaralar haqida gapirib bergan. 

Ijrochi hokimiyat vakili uchrashuv taxminan olti soat davom etganini ma’lum qilgan. AQSH rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar joriy yilning mart oyida Alyaska shtatining Ankorije shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan farqli o‘laroq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri keng ko‘lamli muzokaralar olib borgan. 

Shunday qilib, u Syurixdagi uchrashuvni Bayden ma’muriyati Xitoy hukumati vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvlar orasida “eng batafsili” deb atagan. Ta’kidlanishicha, muzokaralar ikki mamlakat o‘rtasidagi raqobatni ziddiyatga olib kelishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri hisob-kitoblarni oldini olish uchun “kuchli diplomatik sa’y-harakatlar”ga “poydevor qo‘yish”da muhim qadam bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, Sallivan uchrashuvda Amerika Qo‘shma Shtatlari va Xitoy hamkorlik qilishi mumkin bo‘lgan muammolarni ko‘targan, masalan, u iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish haqida gapirgan. Shuningdek, u Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumani, Gonkongda inson huquqlari Pekin tomonidan buzilishidan xavotir bildirgan. 

Har ikki tomon Tayvan atrofidagi vaziyatni professional tarzda va bir-biriga hurmat bilan muhokama qilgan. Sallivan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni AQSH-Xitoy munosabatlaridagi boshqa masalalardan alohida ko‘rib chiqish kerakligini takrorlagan. 

Ma’muriyat vakilining qo‘shimcha qilishicha, AQSH videokonferensiya orqali muzokaralar olib borishni taklif qilgan, chunki Si Szinpin shu oy oxirida o‘tkaziladigan G20 sammitiga kelmaydi va ikkala rahbar ham bir muncha vaqt yuzma-yuz uchrasholmasligi ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing