Respublikada boshlangan karantin qachon tugatiladi?
Jamiyat
−
02 aprel 2020 58243 1 daqiqa
Avvalroq, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov brifing o‘tkazgani va unda epidemiya qachongacha davom etishi bo‘yicha taxminlarni bildirgani haqida xabar bergan edik.
Brifing vaqtida Nurmat Otabekov Respublikada boshlangan karantin qachon tugatilishi borasidagi savolga ham javob qaytardi.
“Karantin oxirigi aniqlangan bemor shifoxonaga yotqizilgandan keyin (alohidalangandan) 14 kun o‘tgandan keyin va bu holatga to‘liq ishonch hosil qilgandan keyin karantinni bekor qilish masalasi ko‘rib chiqiladi”, deb javob berdi Nurmat Otabekov.
Shuningdek, brifingda koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorlarni ko‘rish uchun qarindoshlari shifoxonaga borishi mumkin emasligi hamda karantin davrida niqobni xar 3 soatda almashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 190 nafarga yetdi. Ularning 12 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
Live
Barchasi