Reshford faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin

Sport

image

PSJ "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordni sotib olmoqchi, uning Angliya klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga yetadi. Parijliklar 25 yoshli futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va Reshfordga haftasiga 1 million yevro to‘lashga tayyor. Bu haqda "The Sun" nashri xabar bermoqda.

Parij jamoasi prezidenti Nosir Al-Xelayfi Reshfordga shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda. Xabarga ko‘ra, fransuz klubi yanvar oyida futbolchi bilan muzokaralarni boshlaydi. PSJning futbolchiga bo‘lgan qiziqishi "Manchester Yunayted"ni Reshford bilan shartnomani uzaytirish jarayonini kuchaytirishga majbur qiladi.

Reshford Qatardagi Jahon chempionatida beshta uchrashuvda uchta gol urdi. Angliya terma jamoasi chorak finalda Fransiyaga mag‘lub bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

JCH2022

Baholaganlar

18

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing