“Real” YeCHLdagi rekordini yangiladi

Sport

image

Madridning “Real” klubi Yevropa Chempionlar ligasining (YeCHL) chorak finalida “Manchester Siti” bilan kuch sinashib, penaltilar natijasiga ko‘ra yarim finalga yo‘l oldi.

Shu tariqa madridliklar turnir pley-off bosqichida amaldagi g‘olibni oltinchi marta mag‘lubiyatga uchratdi va o‘z rekordini yangiladi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha qirollik klubiga eng yaqin ta’qibchi bo‘lgan klub amaldagi g‘olibdan atigi uch marta ustun kelgan.

Shunday qilib, “qaymoqranglilar” YeCHL finaliga chiqish uchun Germaniyaning “Bavariya” klubi bilan to‘qnashadigan bo‘ldi. O‘yin 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Madrid klubi navbatdagi o‘yinini esa 21 aprel kuni La Liga doirasida Barselona qarshi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Anchelotti Gvardiolani YeCHLdan 3 marta chiqarib yuborgan birinchi murabbiyga aylangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Siti Evropa Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing