“Real” va “Napoli” Yevropa Chempionlar ligasi chorak finaliga yo‘l oldi

Sport

image

16 martga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Real Madrid” turnir 1/8 finalining javob o‘yinida “Liverpul”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.

O‘yindagi yagona golni 79-daqiqada Karim Benzema kiritdi.

Dastlabki uchrashuvda “Real” raqibini 5:2 hisobida mag‘lub etgandi. Yana bir chorak finalchi Germaniyaning “Ayntraxt” jamoasidan 3:0 hisobida ustun kelgan Italiyaning “Napoli” klubi bo‘ldi. Birinchi uchrashuvda ham neapolliklar g‘alaba qozongandi – 2:0.

Ma’lumot uchun, “Real” va “Liverpul” o‘ninchi marta Yevropa Chempionlar ligasida to‘qnash keldi, ispan klubi o‘zaro o‘yinlarning oltitasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, inglizlar ikkita bahsda “qirollik klubi”dan ustun kelgan, yana ikkita o‘yin durang bilan yakunlangan. Jamoalar uch marta turnir finalida o‘ynagan va ikkita finalda “Real” g‘alaba qozongan. O‘tgan yilgi finalda “qaymoqranglilar” 1:0, 2018 yilgi hal qiluvchi o‘yinda esa 3:1 hisobida g‘alaba qozongan. 1981 yilgi finalda “Liverpul” “Real”ni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi. “Real Madrid” Yevropa Chempionlar ligasida eng ko‘p g‘alaba qozonish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi, klub jami 14 ta chempionlikni qo‘lga kiritgan. “Liverpul” esa olti marta turnir bosh sovriniga ega chiqqan.

Joriy yilgi Yevropa Chempionlar ligasi finali 10 iyun kuni Istanbuldagi “Olimpiyskiy” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

“Napoli” “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing