Skott Maktominey yurak bilan bog‘liq operatsiya qilinadi
Sport
−
08:57 569 1 daqiqa
Italiyaning “Napoli” klubi shotlandiyalik yarim himoyachisi Skott Maktominey yurak muammosi sabab bir oyga yaqin vaqt maydonga tushmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchida yengil darajadagi yaxshi sifatli aritmiya aniqlangan. Maktominey yaqin kunlarda yurak aritmiyasini bartaraf etishga qaratilgan kichik jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi. U joriy yilning sentyabr-oktyabr oylaridagi xalqaro tanaffusdan keyin “Napoli” ixtiyoriga qaytishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Maktominey 2024 yildan buyon “Napoli” sharafini himoya qilib kelmoqda. U jamoa safida 82 ta uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol urgan. Shotlandiyalik futbolchi “Napoli” bilan Italiya chempionligi va Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Maktominey 2017–2024 yillarda “Manchester Yunayted”da o‘ynagan va klub bilan Angliya Kubogi hamda Liga Kubogida bir martadan g‘olib chiqqan. U Shotlandiya terma jamoasi safida ham muntazam ishtirok etib keladi.
Live
Barchasi