“Real” o‘tgan mavsumdan qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Madridning “Real” klubi o‘tgan mavsumda 16 million yevro sof foyda ko‘rdi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Umuman hisobda, Madrid klubi 1 073 million yevro ishlab oldi, bu 2022/23 yilgi mavsumdagidan 230 million yevroga ko‘p. Soliq va ijtimoiy to‘lovlar 277,1 million yevroni tashkil etdi. “Qaymoqranglilar” futbolchilarga uchta turnirda g‘alaba qozongani uchun bonus sifatida 40 million yevro to‘lagan.

“Real Madrid”ning joriy mavsum uchun byudjeti 1,127 milliard yevroni tashkil etadi. Jamoa xarajatlari o‘tgan mavsumga nisbatan 504 million yevrodan 482 million yevroga kamaygan. Shu bilan birga, Madridning marketing xarajatlari sezilarli darajada oshdi – 340 million yevrodan 426 million yevrogacha.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qirollik klubi Lukas Vaskesni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi. 

“Real” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan va 2015 yildan buyon kattalar jamoasida to‘p surayotgan 33 yoshli futbolchiga mavsum davomida boshqa jamoalardan bir nechta takliflar tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid foyda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing