“Real” rahbariyati Anchelottiga shart qo‘ydi

Sport

image

“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti, agar jamoa bilan joriy mavsum Yevropa Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritmasa ishdan bo‘shatiladi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yozda Madrid klubi ustozi jamoani kuchaytirish zarurligini aytgan. "Real Madrid" rahbariyati Anchelotti bilan bu borada kelisha olmagan.

La Liga va Qirol kubogida g‘alaba qozongan taqdirda ham rahbariyat italiyalik murabbiy bilan xayrlashadi. Anchelottining Braziliya futbol federatsiyasi bilan aloqalari haqidagi xabarlar faollashgan, fevral oyining ilk kunlaridan klub faol ravishda yangi murabbiy qidirishni boshlab yuborgan.

“Real” Ispaniya Superkubogi uchun bahsda “Barselona”ga imkoniyatni boy berdi. Ispaniya kubogining birinchi yarim finalida ham azaliy raqibiga yutqazdi. Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk o‘yinida “qaymoqranglilar” “Liverpul” ustidan g‘alaba qozondi (5:2).

“Real Madrid” La Ligada peshqadam “Barselona”dan 9 ochko ortda qolib, 2-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Anchelotti “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing