Anchelotti Braziliya bilan shartnomasini uzaytirdi

Sport

image
Futbol bo‘yicha Braziliya milliy terma jamoasi italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi xabar berdi.

Yangi kelishuvga ko‘ra, Anchelotti Braziliya terma jamoasini 2030 yilgi Jahon chempionatiga qadar boshqaradi. Italiyalik murabbiy jamoani 2025 yil may oyida qabul qilib olgandi. Uning qo‘l ostida braziliyaliklar 10 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta g‘alaba, 2 ta durang va 3 ta mag‘lubiyatni qayd etgan.

66 yoshli Anchelotti Braziliya terma jamoasiga kelishidan avval “Real Madrid”ni boshqargan. U madridliklar safida 2013-2015 hamda 2021-2025 yillarda faoliyat olib borgan. Anchelotti boshchiligida “Real” uch marta Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogi, ikki martadan Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi, Ispaniya Superkubogi hamda FIFA klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Shuningdek, italiyalik mutaxassis Chempionlar ligasida eng ko‘p g‘alaba qozongan murabbiy hisoblanadi. U yana ikki bor “Milan” bilan ham ushbu turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. Hozirda 15 ta sovrin bilan Anchelotti “Real Madrid” tarixidagi eng sovrindor murabbiy bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati joriy yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha AQSH, Kanada, Meksika yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Unda Braziliya Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari bilan “C” guruhidan joy olgan.

Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Braziliya Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing