“Real” posboni faoliyatini boshqa La Liga klubida davom ettirishi mumkin
Sport
−
04 iyun
2930Shu yozda “Atletiko Madrid” asosiy darvozabonini almashtirishni rejalashtirmoqda. Klubning sloveniyalik posboni Yan Oblak klubdagi 10 yildan so‘ng jamoadan ketmoqchi. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Oblak o‘rniga “Atletiko”ning asosiy varianti – “Real” darvozaboni Andrey Lunin. Klub “Valensiya”dan Georgiy Mamardashvili nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda, biroq ukrainalik posbon birinchi raqamli nomzod bo‘lib qomoqda.
Luninning o‘zi klub unga 2029 yilning yoziga qadar yangi shartnoma taklif qilishiga qaramay, “Real”dan ketish haqida ko‘proq o‘ylayapti. Gap shundaki, Tibo Kurtua jarohatidan to‘liq tiklanganidan keyin Lunin yana ikkinchi darvozabon bo‘ladi va bu holat esa ukrainalik golkiperga to‘g‘ri kelmaydi.
“Atletiko” “Real”ning azaliy raqiblaridan biri bo‘lganligi futbolchining “matraschilar” safiga borib qo‘shilishiga to‘sqinlik qiladi.
Yakunlangan mavsumda Lunin “Real” safida barcha turnirlarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol o‘tkazib yubordi.
LiveBarchasi