“Real Madrid” La Liganing eng qimmat jamoasiga aylandi.
Sport
−
03 Oktabr 1972 1 daqiqa
“Transfermarkt” portali La Liga futbolchilarining transfer narxlarini yangiladi. Yangilangan transfer narxlaridan so‘ng Madridning “Real” klubi Ispaniyadagi eng qimmat jamoaga aylandi.
Ixtisoslashtirilgan futbol sayti futbolchilarning bozor qiymati yangilaganidan so‘ng, madridliklar tarkibini 1,4 milliard yevroga baholagan. Bu ko‘rsatkich “Real Madrid” ni Ispaniyaning yeng qimmat jamoasiga aylantirdi. “Barselona” jamoasining tarkibi 1,11 milliard yevro bilan ikkinchi, “Atletiko Madrid” klubining tarkibi esa 624 million yevro bilan uchinchi o‘rinda qayd etildi.
Reytingda to‘rtinchi o‘rinni 370 million yevroga baholangan “Atletik Bilbao” egallagan bo‘lsa, beshinchi o‘rinda 284 million yevrolik tarkibga ega “Vilyarreal” joylashgan.
Ayni damda Ispaniya La Ligasining eng qimmat futbolchisi Lamin Yamal bo‘lib turibdi.
“Transfermarkt” portali 18 yoshli futbolchining transfer narxini 200 mln yevroga baholamoqda. Undan keyingi o‘rinlarda “Real Madrid”ning ikki o‘yinchisi Kilian Mbappe va Jud Bellingem turibdi. Ularning har ikkalasining narxi 180 millionga baholangan.
Ma’lumot uchun, Ispaniya La Ligasining 2024-2025 yilgi mavsum yakunida “Barselona” jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. “Real Madrid” klubi ikkinchi, “Atletiko Madrid” esa uchinchi o‘rinda yakunlagan edi.
Live
Barchasi