“Real” darvozaboni klubni tark etmoqchi – OAV
Sport
−
28 yanvar 4092 1 daqiqa
“Real Madrid” jamoasining 26 yoshli ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin klub bilan xayrlashishga qaror qilgan. Bu haqda “El Nacional” xabar berdi.
Manbaning xabar berishicha, jamoa bosh murabbiysi Alvaro Arbeloa Andrey Luningga mavsum tugashidan oldin bir nechta o‘yinda maydonga tushish imkoniyatini va’da qilgan, ammo darvozabon murabbiyning so‘zlariga ishonmayapti.
Lunin hozirda faoliyatidagi eng yaxshi qaror – doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa jamoaga o‘tish deb hisoblamoqda. Uni Angliya Premer-ligasidagi bir nechta klublar, jumladan, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Tottenxem” sotib olmoqchi. Shuningdek, “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres darvozabon uchun katta transfer summasi talab qilmasligini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Andrey Lunin “Real Madrid” safida so‘nggi bor joriy yilning 14 yanvar kuni Ispaniya kubogi 1/8 final bosqichida maydonga tushgan. Ushbu uchrashuvda madridliklar “Albasete”ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.