La Ligada oyning eng yaxshilari aniqlandi

Sport

image

“Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe La Ligada “Oyning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qo‘lga kiritdi. Fransiyalik yulduz oktyabr oyida “Qirollik klubi” bilan uchta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi. Mbappe esa har bir uchrashuvda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Mbappe oy boshida “Vilyarreal” darvozasini ishg‘ol qildi. Xalqaro tanaffusdan so‘ng, “Xetafe”ga qarshi bahsda jamoasining yagona golini kiritdi va “El-Klasiko”da “Barselona” darvozasini ishg‘ol etib, madridliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Yakuniy ovoz berishda Mbappe Pedri (“Barselona”), Antoni (“Real Betis”), Yan Oblak (“Atletiko Madrid”) va Xorxe de Frutos (“Rayo Valekano”)ni ortda qoldirdi. Bu sovrin bilan fransiyalik futbolchi ketma-ket ikkinchi oyda “Oyning eng yaxshi futbolchisi” unvonini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, “Rayo Valekano” ustozi Inigo Peres La Ligada oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi, deb topildi. Uning jamoasi “Real Sosedad” (1:0), “Levante” (3:0) va “Deportivo Alaves” (1:0) ustidan ketma-ket g‘alabalar qozonib, 14 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarildi.

“Atletiko Madrid” darvozaboni Yan Oblak esa “Oyning eng yaxshi seyvi” mukofotiga sazovor bo‘ldi. U “Osasuna”ga qarshi bahsning (1:0) so‘nggi daqiqalarida ko‘rsatgan ajoyib reaksiyasi bilan "Oyning eng yaxshi seyvi" muallifiga aylandi. Bu slovakiyalik posbonning joriy mavsumdagi birinchi sovrini bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, yakunlangan tur uchrashuvlaridan so‘ng “Real Madrid” 27 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Barselona” 22 ochko bilan 2-o‘rinni, “Vilyarreal” esa 20 ochko bilan 3-o‘rinni band etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe Yan Oblak “Real Madrid” In'igo Peres

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing