“Real” darvozaboni Italiyaga o‘tishi mumkin

Sport

image

“Real Madrid”ning ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida Italiya jamoasiga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ukrainalik posbon zaxira darvozaboni bo‘lishiga qaramay, unga talab yuqori bo‘lib qolmoqda. Lunin esa muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish imkonini beradigan variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

Manbada aytilishicha, u asosiy tarkib darvozaboni sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlash imkonini beradigan jamoaga o‘tishga qiziqmoqda. Italiyaning “Inter” klubi esa 27 yoshli darvozabonga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq “Real Madrid” Luninni katta miqdordagi tovon pulisiz qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti. Madrid klubi darvozabonni 30 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Andrey Lunin “Real Madrid” safiga 2018 yil 22 iyunda Luganskning “Zarya” klubidan 8,5 million yevro evaziga o‘tgan va madridliklar bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Andrey Lunin “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing