“Real” Pogba uchun qancha to‘lashi va kimni qo‘shib berishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

"Qirollik  klubi" Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba uchun kurashni davom ettiradi.
"Real" rahbariyati "qizil iblislar"ga yaxshiroq shartnoma tayyorlab qo‘ydi. 

Ma’lum bo‘lishicha, "Real" Pogbaning transferi uchun MYUga 150 million yevro va bir futbolchini berishga tayyor.

Manchesterga jamoaning uelslik vingeri Garet Beyl o‘tishi mumkin. 

Oldinroq, "Real" ustozi Zinedin Zidan Pogba bilan Dubayda uchrashgani haqida xabar chiqqan edi. 26 yoshli Pogba joriy mavsum APLda 5ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Garet Beyl Pol' Pogba Qirollik klubi

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing