Beyl Saudiya investorlari bilan “Sevilya”ni sotib olişi mumkin

Sport

−

image

“Real Madrid”ning sobiq futbolçisi Garet Beyl va Saudiya Arabistoni investorlari Ispaniyaning “Sevilya” klubi aksiyalarining nazorat paketini sotib oliş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda “El Confidencial” xabar berdi.

Manbaga köra, ikkita investitsiya kompaniyasi klubni sotib olişga qiziqiş bildirgan. Ulardan biri aka-uka Mansur va Haydar Sayidlarga tegişli Saudiya Arabistonining HD Ventures kompaniyasi bilan boğliq. Ikkinçi da’vogar esa Beyl maslahatçi sifatida faoliyat yuritadigan Amerikaning Juggernaut Capital Partners investitsiya fondidir.

Potensial investorlar “Sevilya” aksiyalarining 85 foizigaça bölgan qismini sotib oliş imkoniyatlarini örganmoqda.

“Mucho Deporte” naşrining xabar berişiça, ehtimoliy kelişuvda Ispaniya klubi taxminan 500 million yevroga baholanmoqda. Uşbu summaga 60 million yevro miqdoridagi sof qarz va kapitalni 80 million yevroga oşiriş ham kiritilgan.

Ma’lumot uçun, “Sevilya” futbol klubi 1890 yilda taşkil etilgan. Jamoa Ispaniya çempionligini bir marta (1946), mamlakat kubogini 5 marta qölga kiritgan. Şuningdek, klub Yevropa ligasida yetti bor ğolib çiqqan (2006, 2007, 2014, 2015, 2016, 2020, 2023) va bu borada musobaqa rekordçisi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing