Zidan deyarli taktik ish qilmagan – Beyl
Sport
−
06 mart 2730 1 daqiqa
“Real Madrid”ning sobiq futbolchisi Garet Beyl jamoaning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidanning klubdagi faoliyatida oddiy ishlarni bajarganini aytdi. Bu haqda u “Mundo deportivo” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Zidan deyarli taktik mashg‘ulotlar o‘tkazmasdi. Biz esa juda oddiy ishlarni bajarardik: mashg‘ulotlar, to‘pni nazorat qilish, darvozaga zarbalar berish, xolos. Atigi 15 daqiqa himoya taktikasi ustida ishlardik. Biroq Zidan futbolchi sifatida nihoyatda hurmatga sazovor edi. U mashg‘ulotlarda o‘zi ham faol qatnashardi”, deydi Beyl.
Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan “Real Madrid” bosh murabbiyi sifatida ikki marta Ispaniya chempioni bo‘lgan. Shuningdek, u jamoa bilan ikki bor Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan va uch marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zinedin Zidan 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng Fransiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi