Romano Zidanning keyingi ish joyini e’lon qildi
Sport
−
21 fevral 2041 2 daqiqa
“Real Madrid”ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng Fransiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Romanoning aytishicha, Zidanning kelajagi borasida turli mish-mishlar tarqalayotgan bo‘lsa-da, hozircha vaziyat o‘zgarmagan.
“Zinedin Zidan atrofida “Real Madrid”da ham, boshqa joylarda ham doim ko‘plab mish-mishlar yuradi. 2025 yil dekabr oyida Zidan “Real” bilan bog‘langani haqida gap-so‘zlar chiqqandi. O‘shanda aytganimdek, agar Xabi Alonso ketsa, asosiy nomzod sifatida Arbeloa ko‘riladi va hozircha u klub tizimida qolmoqda. Zidanga kelsak, mening ma’lumotlarimga ko‘ra, u va Fransiya futbol federatsiyasi o‘rtasida Jahon chempionatidan keyin terma jamoani qabul qilib olish bo‘yicha og‘zaki kelishuv mavjud.
Hozirda barcha e’tibor Jahon chempionatiga qaratilgan. Men Deshamga, federatsiyaga va fransuz futbolchilariga katta hurmat bilan qarayman. Turnir hali oldinda, biroq mundialdan keyin Zidan murabbiylik faoliyatiga qaytib, milliy jamoa boshqaruvini qo‘lga olishi kutilmoqda.
Biroq yana bir bor ta’kidlayman: bu hozircha faqat og‘zaki kelishuv. Futbolda hujjatlar imzolanmaguncha hamma narsa o‘zgarishi mumkin. Ayniqsa, murabbiylar masalasida. Hozircha vaziyat Jahon chempionati yakunigacha kutilayotgan og‘zaki kelishuv darajasida qolmoqda”, deydi Romano o‘z podkastida.
Ma’lumot uchun, 53 yoshli Zidan 2021 yilning iyun oyida “Real Madrid” bosh murabbiyligidan ketgan va shundan beri rasmiy ravishda biror jamoani boshqarmagan.
Live
Barchasi