Habib va Zlatan kuch sinashdi (video)

Sport

image

UFC'ning yengil vazn toifasida sobiq chempioni Habib Nurmagomedov o‘zining Telegram-kanalida futbol afsonasi Zlatan Ibragimovich bilan armrestlingda kurashayotgan lavhasini e’lon qildi.

Videoda Habib “Milan”, “Barselona”, “Ayaks” klublari hamda Shvetsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich bilan kuch sinashishga urinadi. Ushbu videoga Nurmagomedov “Bu yigit o‘zgacha”,  deya izoh qoldirdi. Ushbu kurashda fransiyalik futbolchi Pol Pogba ularga hakamlik qildi. 

Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov o‘zining so‘nggi jangini 2020 yil 24 oktyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahri yaqinidagi Yas orolida bo‘lib o‘tgan UFC 254 turnirida o‘tkazgan. Unda u vaqtinchalik UFC chempioni Jastin Getjiga qarshi oktagonga chiqqan va ikkinchi raundda bo‘g‘ib uslubi orqali g‘alaba qozongan. Bu g‘alaba Habib uchun faoliyatidagi 29-g‘alaba bo‘ldi. Jangdan so‘ng u professional aralash yakkakurashdan ketishini e’lon qilgan. Zlatan Ibragimovich esa futbolchilik faoliyatini 2023 yil yozida rasman yakunlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Pol' Pogba Zlatan Ibragimovich Habib Nurmagomedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing