“Real”ning Olimpiadaga munosabati eskirgan – Desham

Sport

image

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Kilian Mbappening Parij Olimpiadasida ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi.

Gap shundaki, Madridning “Real” klubi Fransiya futbol federatsiyasiga 2024 yilgi Olimpiadada ishtirok etish uchun asosiy tarkib futbolchilarini qo‘yib yuborishdan bosh tortgani haqida elektron pochta orqali xabar bergan. “Qaymoqranglilar” Orelen Chuameni, Eduardo Kamavinga va ehtimol Mbappe kabi futbolchilarni Olimpiadada o‘ynashiga ruxsat berish majburiyati yo‘qligini bildirgan.

“Umuman olganda, siz bu savolni Olimpiya terma jamoasi murabbiyi Terri Anriga berishingiz kerak. “Real Madrid”ning Olimpiadaga bo‘lgan munosabati biroz eskirgan”, deydi Desham.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe Fransiya chempionatida tarixiy natijani qayd etgani xabar qilingandi.

U chempionat 26-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Monpele” darvozasiga 3 ta to‘p kiritib, Parij klubi tarixida 250 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan birinchi futbolchiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe Did'e Desham

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing