Dide Deşam “Mançester Yunayted”ni boşqarişi mumkin

Sport

−

image

“Mançester Yunayted” Fransiya terma jamoasining sobiq boş murabbiyi Dide Deşam bilan klub menejeri lavozimiga tayinlanişi mumkinligi yuzasidan aloqaga çiqdi. Bu haqda “Foot Mercato” naşri xabar berdi.

Naşr ma’lumotlariga köra, tomonlar örtasidagi muloqot sönggi kunlarda amalga oşirilgan. Fransiyalik murabbiy oğir davrni boşdan keçirayotgan “Mançester Yunayted”ga ötişga unçalik qiziqiş bildirmayapti. Deşam turli takliflarni körib çiqmoqda, ammo murabbiylikka qaytişga şoşilmayapti va keyingi yozgi transfer oynasigaça kutişga tayyor.

Ayni paytda Maykl Kerrik boşçiligidagi “Mançester Yunayted” Angliya Premer-ligasida 17-örinni egallab turibdi. Joriy yilning 3 noyabr kuni klub Çempionlar ligasida Italiyaning “Roma” jamoasini 3:2 hisobida mağlub etdi. Bu 2:0 hisobida ortda qolganidan keyin barça musobaqalardagi 10 ta uçraşuvdan buyon qölga kiritilgan ilk ğalaba böldi.

“Sky Sports” naşri avvalroq, “Mançester Yunayted” rahbariyati hali boşqa murabbiylar bilan töğridan-töğri muzokaralar olib bormagani va Kerrik qöl ostida natijalar yaxşilanişiga umid qilayotganini xabar qilgan edi.

Ma’lumot uçun, Deşam 2012 yildan buyon Fransiya terma jamoasini boşqarib kelgan va 2026 yilgi Jahon çempionatidan keyin lavozimini tark etgan. Uning rahbarligida fransuzlar 2018 yilgi Jahon çempionati va 2021 yilgi Millatlar ligasida ğolib çiqdi. Şuningdek, jamoa 2016 yilgi Yevropa çempionati va 2022 yilgi Jahon çempionati finaliga qadar yetib bordi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing