“Real Madrid” 12 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzoladi (video)

Sport

image

Ispaniyaning professional futbol klubi hisoblangan “Real Madrid” 12 yoshli belaruslik futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda “Marsa” nashri xabar berdi.

Belarus futbolchisi Aleksey Mayorov 2012 yilda tug‘ilgan va u “Dinamo” klubining 1980 yillardagi yarim himoyachisi Aleksandr Kistenning nabirasi.

Nashrga ko‘ra, LaLiga klubi “Barselona” ham Mayorovni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida bo‘lgan. “Barsa” klubi futbolchini qo‘shib olish uchun Kataloniya futbol federatsiyasi orqali ta’sir o‘tkazishga uringan. Shunga qaramay, Aleksey “Real Madrid” akademiyasiga o‘tishni tanladi.

Mayorov “Real”ga qadar Ispaniyaning “Serdanola” jamoasida o‘ynagan. O‘tgan mavsumda Aleksey 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 59 ta gol urdi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning iyul oyida “Real Madrid” bir mavsumda daromadi 1 milliard yevrodan oshgan birinchi futbol klubiga aylandi va futbolchi transferlarini hisobga olmaganda, “Real Madrid”ning daromadi 1,073 milliard yevroni tashkil etdi. Bu moliyaviy yil davomida klubning sof foydasi taxminan 16 million yevroni tashkil qildi. 2023/24 yilgi mavsum yakunida “Real” Yevropa Chempionlar ligasi, Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi. Yozgi transfer oynasida “qaymoqranglilar” fransiyalik superyulduz Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real”  UEFA Superkubogi oldidan jiddiy yo‘qotishga uchragani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol Real Madrid Aleksey Mayorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made