“Real” Laportaning tanqidlariga munosabat bildirdi
Sport
−
18 aprel 2023 4554 1 daqiqa
“Real” klubi “Barselona” prezidenti Joan Laportaning Madrid klubi mamlakat rahbariyatiga yaqin ekanligi, hakamlar esa “qirollik klubi”ga ko‘p yon bosishi haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Klub televideniyesida “Real Madrid” Laportaning ayblovlariga javob qaytardi va “Barselona”ning “Kamp Nou” stadionini Ispaniya vaziri Franko Xose Solis Ruiz ochganini eslatdi. Shuningdek, Kataloniya klubi Frankoni klubning faxriy a’zosiga aylantirgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, Franko tufayli “Barselona” uch marta bankrotlikdan qutulib qolgani, funksionerning o‘zi esa uchta medal bilan taqdirlangani qayd etilgan.
La Liga 29-turidan keyin “Barselona” turnir jadvalida 73 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Real Madrid” 62 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025