Ronalduning o‘g‘li “Real” akademiyasida mashg‘ulot o‘tkazdi

Sport

image

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning to‘ng‘ich o‘g‘li Krishtianu Junior “Real Madrid” akademiyasining U16 jamoasida mashg‘ulot o‘tkazdi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Krishtianu Junior hujumchi sifatida o‘ynaydi va hozirda Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi yoshlar jamoasi a’zosi hisoblanadi. U yaqin kelajakda “Real Madrid” tizimiga qo‘shilish maqsadida klub akademiyasida sinov mashg‘ulotlarida ishtirok etgan.

Ronalduning o‘g‘li 2010 yil iyun oyida tug‘ilgan. U ilk bor 2025 yil oktyabr oyida Portugaliya 16 yoshgacha bo‘lganlar terma jamoasiga chaqirilgan edi.

Uning otasi Krishtianu Ronaldu besh karra “Oltin to‘p” sohibi, besh karra Chempionlar ligasi g‘olibi, Yevropa chempioni hamda rasmiy o‘yinlarda eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. U 2023 yildan buyon “Al-Nasr” safida to‘p tepib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu akademiya “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing