“Real” Kroosga o‘rinbosar izlay boshladi

Sport

image

“Bavariya” yarim himoyachisi Yozua Kimmix va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrigo Ernandes “Real Madrid” qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” yarim himoyachi Toni Kroos faoliyatini yakunlaganini e’lon qilganidan keyin, uning o‘rniga o‘rinbosar qidira boshlagan. Kimmix va Rodri klub uchun ustuvor variantlar hisoblanadi. 

Ma’lumot uchun, Kroos 2014 yilning iyulida “Bavariya”dan “Real”ga o‘tgan edi. Uning transfer summasi 25 million yevroni tashkil etgan, futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi. “Transfermarkt” nemis futbolchisini 12 million yevroga baholamoqda, Kroos “Real” safida jami 463 o‘yin o‘tkazib, 28 gol urdi va 98 golga assistentlik qildi.

“Real” bilan yarim himoyachi 4 ta Ispaniya chempionati, bir marta Ispaniya kubogi va 4 ta Ispaniya Superkubogi, shuningdek, to‘rt marta Yevropa Chempionlar ligasi sovrini, 4 ta UEFA Superkubogi va 5 marta klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” Krossning o‘rniga Jud Bellingemni nemis futbolchisiga o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Bavariya Rodrigo Toni Kroos Yozua Kimmix

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made