Kroos murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi
Sport
−
10:14 415 1 daqiqa
“Real Madrid” va Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Toni Kroos murabbiylik faoliyatini boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kroos Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasiga (RFEF) 2027-2028 yilgi mavsumda professional futbolchilar uchun mo‘ljallangan murabbiylik kursida qatnashish istagi borligini bildirgan.
Kursni tamomlaganidan so‘ng u “UEFA A” toifali murabbiylik litsenziyasini oladi. Bu unga Ispaniyaning uchinchi divizionidagi jamoalarni boshqarish imkonini beradi. Shuningdek, Kroos yuqori va ikkinchi divizion klublarida yordamchi murabbiy sifatida ishlashi mumkin.
Ma’lumot uchun, 36 yoshli Kroos “Real Madrid” safida besh marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Shuningdek, u “Bavariya” bilan ham ushbu musobaqada g‘alaba qozongan. 2014 yilda Germaniya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Kroos 2024 yil iyul oyida Germaniya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionaidan so‘ng professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.
Live
Barchasi