“Real”ga qarshi o‘yinda “Man Siti” darvozasini kim qo‘riqlaydi?

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan ”Real Madrid”ga qarshi bahsda darvozada kim turishi haqida jurnalistlar savoliga javob berdi.

“Men bu haqda o‘ylashim kerak, chunki Ederson jarohatdan qaytdi va o‘zini yaxshi his qilmoqda, ammo Shtefan ham ajoyib posbon, juda yaxshi o‘yin namoyish qilmoqda”, deydi ispaniyalik mutaxasis.

Qayd etish joiz, “shaharliklar” asosiy posboni Ederson Morayes shu yilning 10 mart kuni “Liverpul”ga qarshi bahsda Darvin Nunes bilan to‘qnashuvda jarohat olib maydonni erta tark etgandi. Shundan so‘ng Ortega 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” va “Real Madrid” jamoalari o‘rtasidagi bahs shu yilning 10 aprelga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Xosep Gvardiola Evropa Chempionlar ligasi Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing