“Real” bosh murabbiyi iste’foga chiqarilishi mumkin

Sport

image

“Real Madrid” rahbariyati klub bosh murabbiyi Karlo Anchelottini iste’foga chiqarishi mumkin. Bu haqda “relevo.com” xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Ispaniya superkubogida “Barselona”ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lgani va Kataloniya klubi bilan La Ligada 8 ochkolik tafovut yuzaga kelgani uchun “qaymoqranglilar” boshliqlari italiyalik mutaxassisga ishonchini yo‘qotgan. Agar “Real” klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib bo‘lmasa, Anchelotti iste’foga chiqariladi. 

Shuningdek, rahbariyat Anchelottining ish sifatidan norozi.

Qayd etilishicha, Karlo rahbariyatning pozitsiyasi va talablarini bilib, bu holatni xotirjam qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Real”ga klublar o‘rtasidagi JCH yarim finalida Misrning “Al-Ahli” jamoasi raqiblik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Anchelotti “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing