“Real” Benzemaning o‘rniga APLdan yulduzli variant topdi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi jamoani tark etgan Karim Benzemaning o‘rniga “Tottenxem” hujumchisi Harri Keynni asosiy variant sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda “The Independent” nashri xabar berdi.

Ispanlar klubi jamoa sardori faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qilgach, transfer oynasida yangi hujumchi qidira boshladi. Bunda klub rasmiylari ko‘z ostiga olgan futbolchilardan biri “Tottenxem” hujumchisi Harri Keynligi ma’lum.

Manbaga ko‘ra, “shporlar” prezidenti Deniel Levi futbolchi uchun ispan klubidan 200 million funt so‘rashi mumkin. 

Bunga qadar Keynga “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirgan, biroq Levi futbolchini chempionatdagi asosiy raqiblaridan biriga sotmasligini aytgan.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli angliyalik hujumchi joriy mavsum doirasida APLning 38 o‘yinida maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 30 ta gol kiritgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Real Madrid Benzema Harri Keyn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing