Keyn Yevropaning eng köp maoş oluvçi futbolçisiga aylandi
Sport
−
15:00 633 2 daqiqa
Avvalroq, “Bavariya” hujumçisi va Angliya terma jamoasi sardori Harri Keyn klub bilan şartnomasini 2029 yil 30 iyuniga qadar uzaytirgandi. Yangi şartnomaga köra, Keyn Yevropaning eng köp maoş oluvçi futbolçisiga aylandi. Bu haqda “NBC Sports” naşri xabar berdi.
Naşri ma’lumotiga köra, hujumçi soliqlar bilan qöşib hisoblaganda yiliga kamida 28 million yevro işlab topadi. Bu Keynni kafolatlangan maoş böyiça Yevropaning eng köp haq oluvçi futbolçisiga aylantiradi. Yangi şartnoma “Bavariya” tarixidagi eng qimmat kelişuv hisoblanadi.
“Men “Bavariya”da özimni uyimdagidek his qilyapman. Klubni, muxlislarni va Myunxenni yaxşi köraman. Bizda ajoyib jamoa va ajoyib murabbiy – Vinsent Kompani bor. “Bavariya”ning bir qismi ekanimdan juda faxrlanaman. Bu buyuk klub bilan yana köplab sovrinlarni qölga kiritişni istayman”, deydi Keyn.
Joriy mavsumda hujumçi barça musobaqalarda 14 ta öyinda iştirok etib, 10 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oşirdi.
Ma’lumot uçun, Keyn “Bavariya”ga 2023 yil avgust oyida Londonning “Tottenxem” klubidan ötgan. Şu vaqt davomida u barça musobaqalarda 161 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 156 ta gol va 40 ta golli uzatma qayd etgan.
Angliyalik futbolçining avvalgi şartnomasi 2027 yil yozigaça amal qilardi. Yangi kelişuv Keyn ilk bor “Oltin töp”ni qölga kiritganidan 10 kun ötib imzolandi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 26 oktyabr kuni Keyn ötgan mavsumning eng yaxşi futbolçisi sifatida “Oltin töp”ni qabul qilib oldi. Angliyalik futbolçi 2025-2026 yilgi mavsumning eng yaxşi töpurari bölgan. Terma jamoadagi öyinlarini ham hisobga olganda, u 65 ta uçraşuvda 73 ta gol urgan.
Live
Barchasi