Harri Keyn “Bavariya” bilan şartnomasini uzaytirdi
Sport
−
14:48 257 1 daqiqa
2026 yilgi “Oltin töp” sohibi Harri Keyn “Bavariya” bilan şartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Myunxen jamoasining 33 yoşli hujumçisi bilan yangi kelişuvi 2029 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
Keyn “Bavariya”ga 2023 yilda Angliyaning “Tottenxem” klubidan ötgan. U Germaniya jamoasi safida ikki marta mamlakat çempionligi, ikki marta Germaniya Superkubogi va bir marta Germaniya kubogini qölga kiritdi.
Angliya terma jamoasi sardori va eng yaxşi töpurari milliy jamoa safida 125 ta uçraşuvda 91 ta gol urgan. Şuningdek, u 2026 yilgi Jahon çempionatida bronza medaliga ega bölgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 26 oktyabr kuni Keyn ötgan mavsumning eng yaxşi futbolçisi sifatida “Oltin töp”ni qabul qilib oldi. Angliyalik futbolçi 2025-2026 yilgi mavsumning eng yaxşi töpurari bölgan. Terma jamoadagi öyinlarini ham hisobga olganda, u 65 ta uçraşuvda 73 ta gol urgan.
Live
Barchasi