Keyn “Oltin töp”dan bir şart bilan voz keçişga tayyor
Sport
−
14:14 746 2 daqiqa
“Bavariya” hujumçisi Harri Keyn şaxsiy mukofotdan köra jamoaviy sovrinlarni ustun qöyişini ma’lum qildi. U “Oltin töp”ni qölga kiritişdan köra, Çempionlar ligasida ğalaba qozonişni muhimroq deb bilişini aytdi. Bu haqda Keyn “Atletiko”ga qarşi Çempionlar ligasi uçraşuvi oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida söz oçdi.
Madridda bölib ötgan matbuot anjumanida jurnalistlar angliyalik futbolçidan “Oltin töp”ni Çempionlar ligasidagi ğalabaga almaştiriş imkoniyati berilsa, qanday qaror qabul qilişi söradi.
“Men har doim futbolni jamoaviy sovrinlar uçun öynaş haqida gapirganman. Sportimizning jamoaviy jihati juda muhim. Ötgan hafta “Oltin töp”ni qölga kiritiş hayotim va faoliyatimdagi eng yaxşi lahzalardan biri böldi. Ammo “Bavariya” bilan Çempionlar ligasida ğalaba qozonib, uşbu sovrinni boşim uzra kötariş ham ajoyib his bölardi. Şuning uçun, ha, men Çempionlar ligasidagi ğalabani tanlagan bölardim. Biroq hozir har ikki sovrinni ham qölga kiritiş imkoniyati bor. Köramiz, nima böladi”, deydi Keyn.
Ma’lumot uçun, Harri Keyn 2023 yilning yozida “Bavariya” safiga qöşilgan. Ungaça faoliyati davomida biror jamoaviy sovrinni qölga kiritmagan edi.
Eslatib ötamiz, Harri Keyn joriy yilning 26 oktyabr kuni “France Football” naşri tomonidan 2025-2025 yilgi mavsumning eng yaxşi futbolçisiga beriladigan “Oltin töp” sovrinini qölga kiritgandi.
Live
Barchasi