“Real” a’zosi suddan chaqiruv oldi
Sport
−
16 Oktabr 2023
3066Madridning “Real” klubi himoyachisi Eder Militao o‘tgan mavsum La Liga doirasida “Valensiya”ga qarshi o‘yinda irqchilik harakati sodir etilgani bo‘yicha sudda jabrlanuvchi sifatida ishtirok etadi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Militao ishtirok etishi kutilayotgan sud jarayoni 21 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ispaniya sudi bu ishda Madrid klubi himoyachisini La Liga iltimosiga ko‘ra, chaqirishga qaror qildi.
“Valensiya”-“Real” bahsining asosiy jabrlanuvchisi esa “qirollik klubi”ning yana bir braziliyalik a’zosi Vinisius Junior bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, may oyida bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Mestalya”ga yig‘ilgan muxlislar “Vinisius, o‘l” deb baqirgandi. Oqibatda braziliyalik futbolchi yig‘lab yuborgandi.