“Real” a’zosi klublardagi faoliyati davomida ilk bor maydondan chetlatildi

Sport

image

Ispaniyada La liganing 12-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Chempionatning amaldagi g‘olibi "Real" o‘z maydonida "Jirona" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

O‘yin oxirida "qaymoqranglilar" yarim himoyachisi Toni Kroos maydondan chetlatildi.

"Opta" nashri xabariga ko‘ra, nemis futbolchisi klublardagi faoliyati davomida birinchi marta qizil kartochka oldi. Kroos o‘zi to‘p surgan klublarda 426 ta o‘yin o‘tkazgan. Futbolchi "Real"dan tashqari Germaniyaning "Bayer" va "Bavariya" klublarida ham to‘p surgan.

Eslatib o‘tamiz, La Ligada ortda qolgan 12  turdan so‘ng "Real" 32 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Madrid klubidan bir ochko kam jamg‘argan "Barselona" esa 2-o‘rinni band etgan.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

“Real”

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing