“Real” 27 yoshli futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
Sport
−
11 aprel 2023 3769 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi yarim himoyachi Marko Asensio bilan hamkorlikni davom ettirish yuzasidan muzokaralarni davom ettirmoqda. Klub va futbolchi tez orada kelishuvga erishishi kutilmoqda. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.
“Real Madrid” mutasaddilari Asensio uzoq yillar “qirollik klubi” safida qolishiga ishonmoqda. Vaziyatga madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham ta’sir ko‘rsatdi, u bir necha bor klub rahbariyatiga Markoni jamoada qolishini istab murojaat qilgan.
Ayni vaqtda yarim himoyachi bilan yangi kelishuv muddati va maoshi borasida muzokaralar olib borilmoqda. Yangi shartnoma 2027 yoki 2028 yilgacha imzolanishi kutilmoqda.
Asensioga APLning bir necha klublari, shuningdek, Italiyaning “Milan” va “Yuventus” qiziqish bildirgan. Shunga qaramay, futbolchi “Real”da qolishni istamoqda.
Yarim himoyachining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. 27 yoshli futbolchi joriy mavsum Madrid klubi safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta assist muallifiga aylandi.
Live
Barchasi