Razvedka Rossiyaning AQSH harbiylari o‘limiga aloqadorligini rad qildi
Olam
−
29 iyun 2020
5890Amerika razvedkasi Rossiya Afg‘onistondagi AQSH askarlarini o‘ldirishi uchun “Tolibon” jangarilariga mukofot va’da qilgani haqidagi xabarlarni inkor qildi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp Twitter`dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Razvedka ushbu axborot ishonchli bo‘lmagani uchun menga yoki vitse-prezidentga bu haqda xabar berishmaganini ma’lum qildi. Bu Rossiyaning navbatdagi uyudirmasi, balki “The New York Times” gazetasining respublikachilarni yomon ko‘rsatish uchun uyushtirgan yolg‘oni”, degan Oq uy xo‘jayini.
Avvalroq, “New York Times” gazetasi o‘z manbasiga tayangan holda, Rossiya harbiy razvedkasi go‘yoki toliblar bilan bog‘liq jangarilarga Afg‘onistondagi Amerika askarlariga hujum qilish evaziga mukofot taklif etgani haqida xabar qilgan edi. Nashr “anonim manba”dan boshqa hech qanday dalil keltirmagan. Shu bilan birga, nashr razvedka Prezidentni ehtimoliy hujumdan bir necha oy avval ogohlantirganini ta’kidlagan.
Tramp bunday hujumdan xabari bo‘lmaganini ma’lum qildi. AQSH yetakchisi barcha nashr ma’lumotini inkor qilayotganini, shuning uchun "anonim manba" kimligi oshkor qilinishi kerakligini aytib o‘tdi.
Rossiya TIV amerika harbiylari buyurtma qotilligida rus harbiy razvedkasining aloqadorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yolg‘on deb atadi.
LiveBarchasi