Nvidia rahbari xitoylik josus ayol bilan işqiy munosabatda bölgan – razvedka
Olam
−
16:20 892 2 daqiqa
Amerika hukumati Nvidia boş direktori Jensen Xuang Xitoy Davlat xavfsizligi vazirligi tomonidan yollangan ayol bilan işqiy munosabatlarda bölgan deb hisoblaydi. Gap Nvidia mahsulotlarini sotib oluvçi Singapurning Megaspeed kompaniyasi top-menejeri Elis Xuang haqida bormoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, “Financial Times” naşri yozmoqda.
Amerika razvedkasi ma’lumotlari asosidagi memorandum mulozimlar tomonidan joriy yilda tayyorlangan. Hujjat AQŞ Prezidenti Donald Trampning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan sammit uçun Pekinga taşrifidan sal oldin Oq uy administratsiyasining tor doiradagi yuqori martabali vakillariga topşirilgan. Avvalroq, kompaniya Xuang har yili minglab mijoz-firmalar rahbarlari bilan uçraşişini ma’lum qilgan.

Naşrning yozişiça, 2023 yilda Xitoy öyin kompaniyasidan ajratib olingan Megaspeed’ni AQŞ hokimiyati eksport çeklovlarini aylanib ötib, Nvidia’ning ilğor çiplarini Xitoyga kontrabanda qilişda gumonlamoqda. Nvidia’ning içki tekşiruvi heç qanday huquqbuzarlikni aniqlamagan. FT ma’lumotlariga köra, milliy xavfsizlik uçun mas’ul bölgan Amerika mulozimlari Xuangdan norozi, çunki u joriy yilda Trampni Xitoy mijozlariga H200 SI-çiplarini (sun’iy intellekt çiplarini) sotişga şaxsan köndirgan.
Xuang Trampning ikkinçi muddati boşlanganidan beri u bilan bir neça bor uçraşgan. May oyida, Nvidia rahbari u bilan birga Xitoyga uçib ketgan tadbirkorlar orasida yöqligini bilib, Tramp unga qönğiroq qilgan va Xuang Alyaskadagi töxtaş vaqtida Prezident samolyoti bortiga qöşilgan. Sentyabr oyida u Tramp Sining AQŞga taşrifi şarafiga uyuştirgan tantanali keçki ovqatda iştirok etgan.
Joriy yilning 29 oktyabr kuni “The New York Times” naşri AQŞ razvedkasi xulosalariga tayanib, Elis Xuang Pekinga ma’lumot uzatgani va Nvidia rahbari Xitoy josuslik operatsiyasining nişoniga aylangani haqida xabar bergan. Gazeta ma’lumotlariga köra, Trampga bu haqda taxminan bir yil oldin axborot berilgan, ammo u heç qanday çora körmagan. Nvidia Xuangning Megaspeed vakili bilan aloqalarini odatiy biznes amaliyoti, Xitoy TIV esa “asossiz uydirmalar” deb atagan. FT maqolasi çop etilişi arafasida Vakillar palatasining sohaviy komitetlariga boşçilik qiluvçi respublikaçilar Xuangdan yopiq körsatma berişni söragan.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr