Ravshan Zolotoy O‘zbekistonga qaytdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonlik taniqli tadbirkorlardan biri, AIBA’ning sobiq prezidenti G‘afur Rahimovning jiyani, “kriminal avtoritet” sifatida ko‘rib kelingan “Ravshan Zolotoy” – Ravshan Muhiddinov O‘zbekistonga qaytdi. Bu haqda bir-biridan mustaqil manbalar ma’lum qilmoqda. 

Ravshan Muhiddinov joriy yilning 11 iyul kuni Toshkentga qaytgani aytilmoqda. 

Gap shundaki, 2007 yilda 18 yashar Ravshan Muhiddinovga O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 242-moddasi bo‘yicha bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingandi.
 
Muhiddinov bundan 12 yil avval, G‘afur Rahimovga nisbatan tazyiqlar kuchaygan davrda og‘ir jinoyatlarda ayblangan va mamlakatni tark etgan. U asosan Turkiyaning Istanbul va Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shaharlarida istiqomat qilgan. Bu orada O‘zbekistonning talabi bilan shu shaharlardagi qamoqxonalarda hibsda saqlangan.  

Ravshan Muhiddinov nomi Toshkentga qaytishi arafasida Ichki ishlar vazirligi saytining qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatidan olib tashlandi. Bundan bir necha oy avval ushbu ro‘yxatda G‘afur Rahimovning ham nomi bor edi. Oradan ko‘p o‘tmay, Rahimovning nomi ham ro‘yxatdan o‘chirildi va u mamlakatga qaytib keldi. 

QALAMPIR.UZ mazkur masalaga aniqlik kiritish va rasmiy ma’lumot olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmatining yap-yangi rahbari Hayot Shamsuddinov bilan bog‘landi. Doimgidek, so‘rovimiz natijasiz qoldi. Hayot Shamsuddinov hech narsadan xabari yo‘qligini aytdi. 


Maqola muallifi

Teglar

G'afur Rahimov Ravshan zolotoy Ravshan Muhiddinov

Baholaganlar

712

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing